Munosabatlar

Shaxsiy chegaralarni qanday himoya qilish kerak?

Mutaxassislarning maslahati

Biz jamiyatda yashay olmaymiz va undan butunlay mustaqil bo‘la olmaymiz. Ehtimol, shuning uchun har birimiz o‘z qo‘rquvimiz bilan shaxsiy makonimizni bezovta qiluvchi tashqi aralashuvdan himoya qilamiz. Va agar kimdir bizning chegaralarimizni qo‘pol ravishda buzsa, bizda hissiyotlar ko‘payadi: bezovtalik, g‘azab, jahl. Biz mudofaa pozitsiyasini egallab, hujumchini qaytarishga tayyorgarlik ko‘ramiz, lekin … ko‘pincha biz sukut saqlashni afzal ko‘ramiz, chunki biz boshqa odamni xafa qilishdan qo‘rqamiz. Lekin behuda.

Birinchidan,  muloyimlik bilan odamni o‘z o‘rniga qo‘yish mumkin. Ikkinchidan, atrofdagilar o‘zlarini himoya qilishni biladiganlarni ko‘proq hurmat qilishadi.

 

Qisqacha gapiring

Agar siz hamkasbingizga o‘z vazifangizga kirmaydigan vazifalarni bajarishni xohlamaganingiz uchun rad javobini bermoqchi bo‘lsangiz, u bundan xursand bo‘lmasligini yaxshi bilasiz. Va xo‘jayiningiz ham ishda ushlanib qolganingizdan xursand bo‘lmasa kerak. Boshqalarning «yo‘q» ga bo‘lgan munosabatidan qo‘rqqanimizda, biz noaniq zarbani aniq tushuntirishlar orqali yumshatishga intilamiz. Bu suhbatdoshga biz aybdor bo‘lganimiz uchun uzr so‘rayotgananimizga barcha asoslarni beradi. Shunday qilib, siz ozgina bosim o‘tkazish orqali  xohlaganingizga erishishingiz mumkin!

Rad etish haqida qisqacha va aniq aytib, uni dalillar bilan tasdiqlang, masalan: «Ha, men qo‘shimcha ish majburiyatlarini olishga tayyorman, lekin qo‘shimcha haq evaziga.»

 

O‘zingizga vaqt bering

Tezkor messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan biz doimo kimdir bilan aloqada bo‘lib turgandek bo‘lamiz – xabarlar va qo‘ng‘iroqlar muhim masalalardan chalg‘itadi va chegaralarimizni qo‘pol ravishda buzadi, lekin agar biz bunga ruxsat bersak. Agar sizda xabarlar oqimi tunda ham to‘xtamaydigan guruh chati bo‘lsa, bu chatda bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying va uni ma`lum bir vaqtda o‘qing (masalan, uyga ketayotgan jamoat transportida). Xuddi shu narsa shoshilinch bo‘lmagan qo‘ng‘iroqlar uchun ham amal qiladi: Siz har doim suhbatlashish uchun keyinroq qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Hech kim sizning vaqtingizni boshqarishga haqli emas.

 

Yoqimsiz holatlarda, tabassum qilmang

Sizning do‘stingiz vaqti -vaqti bilan siz haqingizda yoqimsiz hazillar qiladimi, hamkasbingiz sizning ismingizni buzadi yoki haqoratli taxalluslar qo‘yadimi? Siz esa, aybdorni o‘rniga qo‘yish o‘rniga, tabassum qilib, o‘zingizni hammasi joyidadek tutasizmi ? Ehtimol, bolaligingizda ham sizga «yaxshi qizlar sukut saqlaydilar va ziddiyat qilmaydilar» deb o‘rgatishgan. Ammo bu zararli pozitsiya! O‘zingizning qarshilik ko‘rsatmasligingiz bilan siz boshqalarga o‘zingizga yoqmagan tarzda o‘zini tutishni davom ettirishga sabab berasiz. Manzilingizga bo‘layotgan ahmoqona hazillarga darhol chek qo‘ying! Odobli tabassum qilishning o‘rniga, u odamning masxaralashi sizga yoqmasligini aytish uchun qattiq va ishonchli ovozdan foydalaning.

 

Qoidalarni belgilang

Sizdan yordam so‘ragan odamga rad javobini berish siz uchun qiyinmi? Masalan, do‘stingiz ta`tilga chiqmoqchligi uchun mushigini siz bilan qoldirishni so‘rasa  va to‘rt oyoqli do‘stini tashlab ketadigan hech kim yo‘q desa. Yoki hamkasbi unga zudlik bilan dam olish kuni kerakligini ayitb uni almashtirishni iltimos qilsa. Siz rejalaringizni va noqulayliklaringizni o‘zgartirasiz, lekin siz bunga qo‘shilasiz. Va to‘satdan – tarix takrorlanib, siz tez -tez ishga borishni boshlaysiz va sizning kvartirangiz boshqa odamlarning uy hayvonlari uchun boshpanaga o‘xshaydi.

Mehribonlik va yordam berish ajoyib, lekin ular «yo‘q» deb ayta olmasligidan emas, balki chin qalbdan bo‘lsa. Kimningdir iltimosini bajarayotganingizda, shartlarni darhol ayting: «Siz bu safar menga ishonishingiz mumkin, lekin men bunga doim ham tayyorman degani emas.»

 

Keraksiz maslahatlar, boshqalarning baholari, xabarlar va qo‘ng‘iroqlar oqimi – yosh ona o‘zini himoyasiz his qiladi va agar u o‘z chegaralarini himoya qila olmasa, unga qiyin bo‘ladi. Umid qilamizki, bizning maslahatlarimiz sizning va oilangiz chegaralarini himoya qilishga yordam beradi.

Organizmni viruslar hujumidan himoya qiladigan chaqaloqning immunitetini himoya qilishga kelsak, u «bolalar anaferoni» yordamida mustahkamlanadi. Shamollash yoki ORVIga chalinganda bolangiz immunitetini qanday qo‘llab -quvvatlash va tezroq tuzalib ketishini bilib oling.

<< Oldingi dars Keyingi dars >>