Instagramda blog yuritish – ijodiy, ilhomlantiruvchi hobby, ko’pincha yaxshi daromad manbayi ham hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy tarmoqda vizual kontent hal qiluvchi rol o’ynaydi. Va yaqin-yaqindan boshlab tabiat yoki narsalar emas, balki odamlarning fotosuratlari joylashgan «jonli» akkauntlar qadrlana boshlandi.
«yurakdan uruvchi» suratlarni olishni qanday o’rganish kerak? Qanday qilib kadrda o’zingizni ishonchli his qilishingiz mumkin? Biz bu va boshqa ko’p narsalar haqida blogger Anastasiya Tregubova bilan gaplashdik. Anastasiya blogida 200 mingdan ortiq obunachi bor, u to’rtta farzandning onasi va “Birinchi kanal” da “Xayrli tong” dasturini olib boradi.
Kamera bilan «do’stlik»
Hamma bu hodisani yaxshi biladi, qachonki oynada tasvir ajoyib ko’rinadi, lekin rasmlarda aksincha. Biz kamera oldida uyatchan va jiddiy bo’lib olganimiz uchun bu hodisa yuz beradi. Shuning uchun, teleboshlovchi hotirjamlik saqlashni va to’g’ri kayfiyatni ushlashni taklif qiladi.
“Avvalo, siz tashqi omillardan xalos bo’lib, tinchlanishingiz kerak. Shuning uchun, suratga olish jarayonlaridan oldin , men doimo nafas olish mashqlarini bajaraman. Agar bu efir bo’lsa, unga tilni burish mashqlari va jag’mushaklari rivojlanishi qo’shiladi. «, – deydi Anastasiya.
Esda tutingki, tajriba faqat amaliyot ortidan keladi. Sinab ko’ring, tajriba o’tkazing, keyin qo’rquv va uyatchanlik albatta yo’qoladi.
Poz qilishni qanday o’rganish kerak?
Muvaffaqiyatsiz poza hatto eng to’g’ri nisbatlarni buzishi mumkin. Shuning uchun, muvaffaqiyatli poza tanlashni o’rganish muhimdir. Anastasiya ulashgan uchta maslahat:
- Belingiz ajralib turishini xohlaysizmi? Albatta unga qo’llaringizni qo’ying.
- Qo’llaringizni yuzingizda tashqi tomoni bilan aks ettiring, aks holda ular kadrda juda katta ko’rinadi.
- To’liq uzunlikdagi fotosurat uchun tanangizni pastki qismini burgan holda turish yaxshi. Bu vizual ravishda kichikroq ko’rinadi.
Albatta, ko’p narsa qomat va kiyimingiz xususiyatlariga bog’liq. Sizga mos keladigan rakurslarni topishga harakat qiling. Sinov kadrlarini amalga oshiring va “ishchi” jihatingizni izlang. Hatto mashhurlar va taniqli go’zallar ham bu usuldan foydalanib, fotosuratlarda chiroyli ko’rinishadi.
Ijodkorlik va ilhom haqida
To’g’ri munosabatsiz, rasmga tushish jarayoniga kerakli darajada yondasha olmaysiz . Shuning uchun Anastasiya kayfiyatingizga alohida e`tibor berishni maslahat beradi.
«Fotosyomkadan oldin, men doimo yaxshi kayfiyatda bo’lishim uchun yetarlicha uxlashga harakat qilaman. Jarayon paytida o’zim yoqtirgan musiqani tinglayman va bu albatta yordam beradi. Dastlab, fotograf va men yorug’likni «ushlash» uchun bir nechta sinov kadrlarini olamiz, keyin biz shunchaki dam olamiz va o’zimizni bo’lishni xohlagan joyimizda tasavvur qilamiz «.
Obrazga kirishingiz bilanoq, yuz ifodasi va qo’llarning holatiga e`tibor bermasa ham bo’ladi. Bunday holatda hamma narsa «o’z -o’zidan» amalga oshadi. Kadrda ko’rsatilishi kerak bo’lgan narsalarni eng kichik detaligacha ko’rsatishga harakat qiling.
Bolalar bilan suratlar
Bolalar har doim ham ko’p kadrlar qilish istagimizga qo’shilishmaydi. Va agar ulardan to’rtta bo’lsa, unda vazifa yanada qiyinlashadi. Biz Anastasiyadan bolalar bilan muvaffaqiyatli suratlar sirini bo’lishishini so’radik. Ko’p bolali ona, bu uning uchun ham katta muammo ekanligini tan oldi. Ammo u o’z qaroriga oqilona yondashadi va hech qachon o’z sevimli mashg’ulotlarini bolalarga yuklamaydi.
«Men ular jiddiy suratga olish jarayonlariga hali tayyor emasligini tushundim. Liza umuman suratga tushishni yoqtirmaydi – bu uning tanlovi va men uning tanlovini hurmat qilaman. Misha men so’ragan barcha suratlarga xotirjam tusha oladi, Nika va Igor ba`zida yoshiga hos tarzda injiq bo’lishadi, lekin umuman olganda, biz beshinchi kadrda maqsadimizga erishamiz ».
Agar bola sizning sevimli mashg’ulotingizga qiziqmasa va har qanday harakat uni qiziqtirishga yordam bermasa, oilaviy suratlardan voz kechgan ma`qul. Siz har doim bolalalarsiz tushiladigan suratlar kontent rejasini tanlashingiz mumkin. Ehtimol, vaqt o’tishi bilan bolaning qarashlari o’zgaradi va u sizning blogingizga qo’shilishni xohlaydi.
Tomoshabinlarni qanday «jalb qilish» mumkin
Albatta, muvaffaqiyatning katta ulushi sizning SMM mahoratingizga bog’liq. Trendlarni kuzatib borish, kontentni muntazam nashr etish va reklama vositalaridan foydalanish muhim. Ammo ba`zi bloggerlarda samarali bo’lgan narsa boshqa bloggerlada ishlamasligi mumkin. Anastasiya, muvaffaqiyat siri har doim samimiylik va tabiiylikda ekanligiga ishonadi.
«Boringizcha bo’ling, o’zingizga yot bo’lgan “o’zingiz” bo’lishga urinmang. Ijtimoiy tarmoqlar falshni ko’ra oladi va yolg’onni yoqtirmaydi. Dunyoga haqiqiy o’zingizni ko’rsating va ular sizga ergashadilar! »