Har yili tobora ko’proq xodimlar masofaviy ishlashga o’tmoqdalar. Bir tomondan, bu qulay: vaqtni yo’lga sarflashning hojati yo’q, siz o’z jadvalingizni rejalashtirishingiz mumkin, ta`til va kasallik ta`tili kunlarida enaga yollamaysiz. Ammo onalar duch keladigan asosiy muammo – ishga e`tiborini qarata olmaslikdir. Kechga ular judda katta kuch qoldirishlari kerak. Albatta, bu doimiy uyqusizlik va charchoq deganidir.
Biz sizga masofadan turib ishni tashkil qilish va dam olish uchun vaqt topishga yordam beradigan tavsiyalar to’pladik.
ish joyini jihozlaymiz
Masofadan ishlashni tashkil qilishning birinchi qadami uyda ish joyini yaratishdir. Buning uchun alohida xonaga ega bo’lish shart emas, kichik burchak juda mos keladi. Barcha ish qurollarini «ofisingizda» to’plang, ish uchun qulay muhit yarating. Bu endi sizning hududingiz.
- Agar siz divanda noutbuk bilan yotganingizda, bola sizni band deb o’ylamaydi, aksincha dam olayapti deb o’ylashi mumkin. Ammo agar siz «ofisda» bo’lsangiz, u aniq biladi: onam ishlamoqda va uni chalg’itib bo’lmaydi.
- Tajribali frilanserlar biladilarki, bir joyda ishlash sizga tezda «ishga kirishish» va ish vazifalariga diqqatni jamlashga imkon beradi.
Kompromislarni topish
Onasi ishlashiga bolani rozi qilish oson ish emas. Bolaning fe`l -atvori va temperamentidan kelib chiqish kerak. Kimdir bilan murosaga kelish oson, boshqalar bilan esa mohirlik mo’’jizalarini ko’rsatish kerak. Ammo ko’pincha onalar uchun quyidagi ikkita variantdan biri mos keladi.
1. Ish va o’yin navbatlari
Soat va soat nima ekanligini biladigan bolalar uchun mos keladi. taymerni 40 daqiqaga o’rnatasiz, bolaga telefon qo’ng’iroq chalganda ishdan chalg’ishingizni va u bilan 20 daqiqa o’ynashingizni tushuntirasiz. Bu holatda tanaffus paytida bolaga butun e`tiboringizni qaratish muhimdir. Agar siz bir vaqtning o’zida televizor ko’rsangiz yoki yangiliklarni o’qiyotgan bo’lsangiz, bola onasi bilan yetarlicha muloqot qilishga ulgurmaydi. Birgalikda vaqtni maroqli o’tkazganingizdan so’ng, u taymerning keyingi qo’ng’irog’igacha o’zi o’ynashi mumkin.
2. Sabr uchun mukofot
Ona bemalol ishlay olgani uchun bolani mukofotlashi ham samarali usul hisoblanadi. Kinoga borish, yangi o’yinchoq yoki muzqaymoq, albatta uni xursand qiladi. Albatta, meyordan oshib ketmagan ma`qul, chunki bola bunday mukofotlarni muntazam ravishda so’rashni boshlashi mumkin. Lekin ba`zida bu dedlaynga ulgurishda yoki onlayn majlislarda qatnashishning yagona yo’li.
Mashg’ulotlar o’ylab topamiz
Mustaqil o’ynash mumkin bo’lgan qiziqarli o’yinlarni oldindan topib qo’ying. Hammasi bolaning yoshiga va xohishiga bog’liq, quyida bir necha yaxshi takliflar berilgan.
- Karton qutilar va flomasterlar bilan o’ynash bolalarni uzoq vaqt band qiladi. Yaqin atrofdagi do’kondan keraksiz qutilarni oling(odatda xodimlar jon-u dili bilan kartonlarni berishadi) va ishlashingiz kerak bo’lganda bolangizga bu xazinalarni bering. Bola qutilar bilan nima qilishni o’zi hal qiladi. Ehtimol, bola ularni uyga, mashinaga yoki qo’g’irchoqlar uchun beshikka aylantiradi – bolalarning tasavvuri cheksiz.
- Bolalar, shuningdek, kostryulkalar, idishlar, tovoqlar va boshqa oshxona anjomlarini yaxshi ko’radilar. To’g’ri, ba`zida ular oshpazdan barabanchiga aylanishadi va ishlash qiyinlashadi.
- Har xil yaltiroq va rangli qo’shimchalar bilan slaym to’plamlarni sotib oling. Bola yopishqoq va rangli narsa bilan o’ynashdan xursand bo’ladi. Bunday sensorli o’yinlar bolalarning asab tizimiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.
- Rangli qog’oz, bo’yash uchun kitoblar, plastilin, play-do va akvarel ham bolalar uchun muhim o’yinchoqlar. Asosiysi, bu narsalarni qismlarga bo’lib berish, aks holda bolaning ko’zlari o’ynab qoladi va u hamma narsadan voz kechadi.
- «Chegarada» varianti: chaqaloq hammomini oling, uni xonaning markaziga qo’ying, suv bilan to’ldiring. Ko’z o’ngimizda bola suv sochib o’ynaganda yoki o’yinchoqlarini yuvayotgan payt ishlab olish imkoni bor. Yaxshisi klyonkani oldindan yoyib shvabrani tayyorlab qo’ygan ma`qul.
- Yangi o’yinchoqlar va kitoblar sotib oling. O’yinlar tugab qolgan va hali ishingiz yakunlanmagan vaqtda berish uchun, ularni yashirib qo’ying.
Prioritetlarni belgilab olamiz
Uyda ishlaydigan onalarni, albatta, super ayol deb atash mumkin. Ammo qahramonlar ham hamma narsaga ulgura olmaydi. Shuning uchun, ishlar ro’yxatida faqat kerakli narsalarni qoldiring.
Kunlik vazifalaringiz jadvalini tuzing. Masalan: «Bola bilan vaqt o’tkazish, kechki ovqat tayyorlash, uyni tartibga keltirish, ishlash, hiyobonda sayr qilish, to’yib uxlash.» Odatda, o’rtacha statistik ona hammasini qilishni tanlaydi, lekin uxlashdan boshqa. Va bu tez orada toliqish, surunkali charchoq va boshqa muammolarga olib keladi.
Shuning uchun, o’z manfaatlaringizga asoslanib, prioritetlarni belgilang. Masalan: «Ishlash» muhim, «bola bilan vaqt o’tkazish», «yetarlicha uxlash» muhim. Ovqatni buyurtma berish mumkin, tartibsizlik hech qayerga qochib ketmaydi va sayrni ham bir kun o’tkazib yuborishing mumkin.
Muvaffaqiyatli martaba va sog’lom oilaning kaliti – bu kuchga to’la onadir. Yaxshi kayfiyat esa ona xotirjamligining asosiy omili. Shamollash yoki ORVIga chalinganda bolangizning immunitetini qanday qo’llab-quvvatlash va tezroq tuzalib ketish yo’llarini bilib oling.