Moliya va ish

Masofaviy ish: 5 ta foydali layfxak

Руководство для занятых родителей

Agar siz uydan ishlayotgan bo‘lsangiz, ehtimol sizning ish vaqtingiz va ishlaydigan joyingizni tashkil qilishning o‘z usullari va kichik fokuslari bor. Balki siz freelancersiz yoki ko‘plab ofis xodimlari kabi pandemiya tufayli masofadan turib ishlashga o‘tgandirsiz. Yoki, ehtimol siz talaba va onasiz, bu holda ham uyda ko‘p o‘qishga to‘g‘ri kealdimi ? Qanday bo‘lmasin, biz sizga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 ta ajoyib maslahatni to‘pladik.

 

Yaqinlaringiz va o‘zingiz bilan kelishib olin

Ishni boshlashdan oldin, sizning uyingizdagilar bilan qancha vaqt sizni chalg‘itmasliklari kerakligi to‘g‘risida kelishib oling. Gap shundaki, uyning atmosferasi ish bilan shug‘ullanishga mos kelmaydi(agar siz ona bo‘lsangiz, butun ro‘zg‘or va uyingizni nazorat qilishingiz kerak). Siz ishlayotganingizda bolalar mustaqil yoki yordamchilaringiz bilan o‘ynashi kerak, masalan- buvisi.otasi, katta farzandlaringiz yoki enagasi bilan.

Lekin nafaqat yaqinlaringizga, balki o‘zingiz bilan ham niyatingiz jiddiy ekanligi  haqida kelishib olish ham muhim. O‘zingizga aniq vazifa qo‘ying (masalan, hisobotingizni tugatmaguningizcha chalg‘imang) va unga sodiq qoling. Axir, uyda serial, kitob yoki boshqa ish bilan chalg‘ish uchun vasvasalar  yetarli.

 

Ish zonangizni tashkillashtiring

Agar sizning shaxsiy ofisingiz yoki hatto alohida ish stoli bo‘lmasa ham, bu muammo emas. Siz har doim kichik, lekin o‘z ish joyingizni jihozlashingiz mumkin. Albatta, u magnit kabi uy ahlini o‘ziga tortadigan oshxonada bo‘lmaganligi ma`qul. Ammo, agar boshqa variantlar bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda ovqatlanish stolidan keraksiz hamma narsani olib tashlang (ayniqsa, noutbukga yoki hujjatlarga to‘kish mumkin bo‘lgan narsa).

 

Tashqi xususiyatlarni e`tiborsiz qoldirmang

Uyda biz ko‘p narsalarga yumshoqroq munosabatda bo‘lamiz: Kiyinish odobiga  qat`iy rioya qilishning hojati yo‘q va siz yotoqdan turmasdan ham ishlashingiz mumkin … Lekin siz yangi obrazga, toza soch turmagiga, manikyurga va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lganingizda, o‘z tuyg‘uyingiz qanday o‘zgarishini payqaganmisiz? Ish jarayoniga moslashishga yordam beradigan omillar haqida o‘ylab ko‘ring va ularga rioya qilishga harakat qiling. Ba`zilar uchun, bu ish kunidan oldin bir chashka qahva yoki ko‘zlari oldida ishlar ro‘yxati qo‘yilgan sevimli kundaligi kabi mayda-chuydalar. Albatta, sizda to‘g‘ri kayfiyatni yaratadigan o‘zingizning kichik rituallaringiz bor.

 

Ratsioningizni rejalashtiring

Masofadan ishlaydigan odamlar ko‘pincha o‘z ovqatlanish ratsioni haqida o‘ylamaydilar: kompyuterda o‘tirganingizda biror narsalar yeyishingiz yoki ovqatlanishni butunlay unutishingiz mumkin. Agar siz sog‘lig‘ingizda muammolarga uchrashni va ovqatlanish tartibini buzishni xohlamasangiz, ratsioningizni rejalashtirishga ma`suliyat bilan yondashing. Siz nima tamaddi qilishni va qanday tushlik qilishni o‘zingiz hal qilasiz (to‘g‘ralgan sabzavotlar va mevalarni tayyor holda saqlashingiz mumkin) . Tushlik vaqti ham muhim: sizning oila a`zolaringiz bu ish vaqtining oxiri emas tushlik uchun tanaffus ekanligini tushunishlari kerak. Agar siz tushlik va toza havoda qisqa muddat sayrni birlashtirsangiz, bu ideal, chunki freelancerlar jismoniy faollik yetishmasligidan ko‘proq aziyat chekishadi.

 

Fors -major holatiga tayyor bo‘ling

Har qanday ish bizdan ko‘p vaqt va fidoyilikni talab qiladi. Masofaviy ish ham katta tashkilotchilikni ham talab qiladi. Va qanchadan-qancha noxushliklar  oyog‘ingizdan chalishi mumkin! Ammo yosh onaning hayoti kutilmagan hodisalarga to‘la, buning uchun hech bo‘lmaganda ma`naviy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Masalan, agar bola kasal bo‘lib qolsa, uzoqdan ishlayotgan ona har doim ham kasallik ta`tilini olmaydi, chunki u allaqachon uyda, chaqaloq yonida. Darhaqiqat, bunday sharoitda samarali ishlash va bolaga g‘amxo‘rlik qilish juda qiyin, agar kasallik ta`tilini olish imkoniyati bo‘lsa, buni qilgan yaxshiroq.

Agar siz bolaning tanasi infektsiyalar va viruslarga qarshi tura oladigan immunitetga alohida e`tibor bersangiz, bunday kutilmagan holatlar kam uchraydi. Shamollash va ORVI vaqtida farzandingizga tezroq sog‘ayishida yordam berishingiz uchun biz- oddiy va tushunarli algoritm ishlab chiqdik

Keyingi dars >>