Yaqinlaringiz bilan mustahkam rishtalar – bu har doim ishonchli uy himoyasi hissi. Bu samimiy suhbatlar, o’zaro yordam va qo’llab-quvvatlash. Ammo munosabatlarimiz har doim ham biz xohlagan darajada mustahkam emas. Turli sabablarga ko’ra biz haqiqatan ham bizga aziz bo’lgan bo’lgan insonlardan uzoqlashamiz. Bu hayotning aqldan ozdiruvchi ritmidan, oddiy muloqot uchun resurslar yetishmayotganidan va ba`zida qarindoshlarimizni odatdagidek qabul qilishimizdan kelib chiqadi.
Bejizga munosabatlar – bu ish deyilmaydi. Darhaqiqat, munosabatlar mustahkam va ishonchli bo’lib qolishi uchun ular muntazam ravishda oziqlanishi va qo’llab-quvvatlanishi kerak. Biz sizga qiyin, ammo muhim vazifani bajarishga yordam beradigan tavsiyalar to’pladik.
E’tibor qarating
Kichik belgilar yaqinlarimizga ularni qanchalik sevishimizni eslatishga yordam beradi. Ba`zida, biz o’z tashvishlarimiz va muammolarimizga ko’milib, ota -onamizga qo’ng’iroq qilishni unutamiz, garchi ular haqiqatan ham bizning qo’ng’iroqlarimizni kutishsa ham. Agar siz oilangizga xohlaganingizcha tez -tez qo’ng’iroq qilmasangiz, ehtimol, buni tuzatish vaqti kelgandir? O’zingizga kalendar eslatmasini o’rnatish , sizga aziz lekin sizdan uzoqda bo’lganlar bilan muntazam muloqot qilishning oson yo’li. Hatto bir daqiqali «Qandaysiz?» deb so’rash uchun qilingan qo’ng’iroq ham yaqinlar uchun qimmatli bo’lishi mumkin.
Ayniqsa, bolalar uchun g’amxo’rlik va e`tibor muhim ,katta bo’lib qolgadan keyin ham kichkinaligingizda onangiz va buvingizning sizga qilgan g’amxo’rliklarini eslang. Ular bizni issiq sharf bilan o’rab sog’ligimizni qattiq nazorat qilishgan. Bugungi kunda onalar bola shamollash va ORVIga chalinganda oddiy harakatlar bilan bolaning immunitetni qo’llab quvvatlash va tezroq sog’aytirishni biladilar . G’amxo’rlik bu oddiy va juda yoqimli!
An`analarga rioya qiling
An’analar butunlay har xil bo’lishi mumkin. Bu siz uzoq vaqt tayyorgarlik ko’rishingiz kerak bo’lgan tantanali tadbir bo’lishi shart emas. Hammaga yoqadigan har qandaydir mashgulotni an`anaga aylantirish mumkin. Masalan, Yangi yil oldidan birga chuchvara tugish, dam olish kunlari loto o’ynash yoki ma`lum bir bayramda takror bir filmni tomosha qilish.
O’ylab ko’ring, bolalikdagi qanday voqealarni alohida iliqlik bilan eslaysiz? Ehtimol, endi siz buni an`anaga aylantirasiz va farzandlaringizga xuddi shunday quvonchni berasiz.
Ajdodlar bilan aloqani unutmang
Siz, ehtimol, oq-qora fotosuratlar bilan xiralashgan eski albomlarni ko’rgandirsiz. Ularda qanday tarix saqlanganini tasavvur qiling. Sizning shaxsiy tarixingiz! Siz ajdodlaringiz haqida qanchalik bilasiz? Ularning ismlari, nima qilganlari, qanday ko’rinishga ega. Ehtimol, sizning partnyoringiz qarindoshlarida ham shunday albom bor.
Keksa avlod vakillari siz bilan ota -onasi va buvisi haqidagi hikoyalarni bo’lishishdan xursand bo’ladi. Iloji boricha ko’proq ma`lumot to’plashga va uning asosida oilaviy daraxt ekishga harakat qiling. Sizning barcha oila a`zolaringiz, albatta, bu jarayonda ishtirok etishdan xursand bo’lishadi. Axir, tasavvur qiling, sizning har bir qarindoshingiz va partnyoringiz qarindoshlari kerakli vaqtda kerakli joyga yetib kelishgan, bu qanday ajablanarli. Siz shunday tug’ilgansiz. Va keyin sizning bolalaringiz. O’z tarixidan xabardor bo’lishdan boshqa hech narsa oilaviy rishtalarni bunchalik mustahkamlamaydi.
Hamdard bo’ling
Hamdardlik va hurmat har qanday munosabatlarning asosidir. Ba`zida jahlda aytilgan so’zlar xotirada abadiy qoladi va odamlar o’rtasida ko’rinmas jarlik hosil qiladi. Shuning uchun, hatto g’azablangan paytlarda bu juda oson bo’lsa ham, chegaradan o’tmang.
Bolalar bilan muomala qilishda ham hurmat muhim. Ularning o’ziga bo’lgan ishonchi endi shakllanmoqda va bu sizga bog’liq. Bolalar xatti-harakatlarning turli modellarini , shu jumladan nizoli vaziyatlarda, ota-onalaridan qabul qilishadi. Siz bolalar oldida hech qanday tortishuvdan aslo qochmasligingiz kerak ,past ovozda diplomatik va kattalar kabi kelishuv olib borish muhim. Agar siz haddan tashqari hissiyotli bo’lsangiz jahl bilan nizolarni hal qilsangiz, bolalarni bunday sahnalardan himoya qiling. Aks holda, bola bunday xatti -harakatlar modelini tezda yagona to’g’ri model deya qabul qiladi.
Kechirishni o’rganing
Bugungi kunda ko’pchilik psixologiyaga ishtiyoqlidir va muammolarni «bolalikdan» hal qilishni o’rganadi. Bir tomondan, bu yaralarni davolash va baxtli bo’lishga yordam beradi, lekin boshqa tomondan, ba`zilarimiz ota-onamizning xulq -atvorini shunchalik tanqid va tahlil qilib boramizki, biz bolalikdagi hafagarchiliklarni ham unuta olmaymiz. Va bu albatta oilaviy rishtalarni zaiflashtiradi.
Ehtimol, sizni xafa qiladigan narsalar bordir. Ammo sizning bolalaringiz ham bolaligidan yoqimsiz narsani eslab qolishadi. Axir, hech birimiz mukammal emasmiz va balki ota -onangiz siz uchun juda ko’p mehnat qilishgan. Shuning uchun, o’z vaqtida g’azablanish tuyg’usidan voz keching va uni minnatdorchilik va qabul qilish hissi bilan almashtiring.
Albatta, munosabatlarni mustahkamlash har doim ham oson emas. Agar bolalar bilan aloqada tashabbus bizdan bo’lsa, katta qarindoshlar bilan bu qiyinroq. Bu holatda biz faqat oldinga qadam tashlab, javob kutishimiz mumkin. Ammo, agar siz kutgan javobni sezmagan bo’lsangiz, tushkunlikka tushmang. Hamma uchun g’amxo’rlik va o’zaro yordam bir xil darajada muhim bo’lgan munosabatlarga e`tibor qarating.
Oilaviy aloqalarni mustahkamlash, ilhom va g’oyalarning portsiyasini olish uchun siz kitoblarni o’qishingiz, biz tanlagan filmlar va multfilmlarni ko’rishingiz mumkin.