Ota-onalar ta`til paytida farzandiga g‘amxo‘rlik qilib ham zavqlanishi mumkin! Hatto uzoq kutilgan chaqaloq tug‘ilgandan keyin eyforiya yo‘qolsa va hayot odatiy holga aylansa ham, o‘zingizni xursand qilishga ko‘plab variantlari bor.
Biz sizni xursand qiladigan va tug‘ruq ta`tilidan unumli foydalanishga yordam beradigan 8 ta odat haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Tasodiflarga bo‘lgan sevgi
Agar siz muntazam ravishda odatiy mashg‘ulotlaringizga yangi narsalar qo‘sha boshlasangiz, miyangiz doimo yaxshi holatda bo‘ladi. Farzandingiz bilan sayr qilish joylarini o‘zgartiring, yangi o‘yinlar o‘ynang, obraz va soch turmagini o‘zgartiring.
Mustaqil shaxs
Farzandlaringizda mustaqillikni tarbiyalang. Bu ikkita sababga ko‘ra zarur. Birinchidan, ona ko‘p vaqtini odatdagi ishlarga sarflaydi. Farzandingiz o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishni qanchalik tez o‘rgansa, hayotingizda monotonlik shunchalik kam bo‘ladi. Ikkinchi sabab, sizning farzandingiz doimo yangi narsalarni o‘rganib borsa, demak uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi va yetuk bo‘ladi. Bunday bolalarning injiqlik qilishi va ota –onasiga muammo tug‘dirishi ehtimoli kamroq.
Kundalik hayotni tashkillashtirish
Barcha kundalik muammolarni optimallashtirishga harakat qiling. Iloji bo‘lsa, ishlarning bir qismini zamonaviy texnologiyalarga o‘tkazing: kir yuvish mashinasi, idishlarni yuvish mashinasi, robot changyutgich va boshqa qurilmalar ayollarni kundalik «qullikdan» ozod qilish uchun mo‘ljallangan.
Yordamni qabul qiling
Yaqinlaringiz yordamidan bosh tortmang. Onangiz yoki qaynonangiz chaqaloq bilan sayr qilayotganda, siz do‘stingiz bilan uchrashishingiz, kitob o‘qishingiz yoki xushbo‘y ko‘pikli hammom qabul qilishingiz mumkin. Shunday qilib, siz o‘zingizni minib ketilayotgan ot kabi his qilishni to‘xtatasiz va yana hayotning quvonchini his qilasiz.
Shartsiz qabul qilish
Shartsiz sevgi va qabul nafaqat bolalarga, balki o‘zimizga ham kerak. O‘zingizga nisbatan talabchanlik qilmang. Kayfiyatingiz o‘zgaruvchanligiga tayyor bo‘ling (ko‘pincha tanadagi gormonal o‘zgarishlar tufayli). Emosional foningizga e`tibor bering: klassik musiqa tinglang, o‘simliklardan tayyorlangan choy damlang, nafas mashqlarini bajaring, toza havoda tez -tez sayr qiling.
Perfektsionizmdan qoching
Har qanday holatda ham mukammal bo‘lishga intilmang. Birinchidan, buning iloji yo‘q. Ikkinchidan, mukammallikka intilib, siz o‘zingizni asabiy tushkunlikka olib kelishingiz mumkin. Hamma narsaga moslashuvchan bo‘lishni odat qilib oling: bolalarni tarbiyalashda, turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatlarda, uy ishlarida va hokazolard. Kechki ovqat tayyorlashga ulgurmadingizmi? Muammo emas: siz spagetti qaynatib, u bilan tayyor sousga berishingiz mumkin. Axir, asosiysi, uy ahli qanday kayfiyat bilan dasturxonga yig‘ilishidir!
Eng jozibali va go‘zal
Ko‘pincha tug‘ruqdan keyin ayollar ko‘zgudagi o‘z aksidan norozi bo‘lishadi. Agar bu sizni xafa qilsa, o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish uchun imkoniyat toping: yuz va sochlar uchun niqoblar tayyorlang, kremlardan foydalaning, muvozanatli ovqatlaning, yetarlicha uxlang va vitaminlar iching. Shuningdek, oila a’zolaridan biri bolaga g‘amxo‘rlik qilayotganda, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatini toping. Agar siz sport zaliga borolmasangiz, hech bo‘lmaganda uyda yoki yaqin atrofdagi bog‘da mashq qiling.
«Jangovar» tayyorgarligi
Onaning yaxshi kayfiyati uchun bolaning farovonligi muhim ahamiyatga ega. Shamollash yoki ORVI kichkintoyning barcha rejalarni buzishi va o‘zi bilan nafaqat kasallikning yoqimsiz alomatlarini, balki tashvish, uyqusiz tunlar va buzilgan kundalik tartibni ham olib kelishi mumkin. Shamollash yoki ORVIga chalinganda bolangizning immunitetini qanday qo‘llab-quvvatlash va tezroq tuzalib ketishini bilib oling.