«Sug’ur kuni» – onalik ta`tilini ko’pincha shunday atashadi. Va haqiqatan ham shunday. Onalik ta`tilidagi kunlar bir biridan deyarli farq qilmaydi.
Bu zerikarli kun tartibiga xilma -xillikni qo’shish vaqti keldi! Biz siz uchun emotsiyalarni his qilishga yordam beruvchi qiziqarli g’oyalarni to’pladik.
Uydan chiqmasdan turib
Ba’zida o’zingizni rag’batlantirgingiz keladi, lekin bolani tashlab ketadigan hech kim yo’q. Umidsizlikka hech qanday sabab yo’q, hatto uyda ham siz o’zgacha ishlar bilan shug’ullanishingiz mumkin!
Deyarli SPA
Kichkina dam olish orolini hammomingizda hosil qiling. Bir nechta sham yoqing va ularni burchaklarga joylashtiring. Vannani suv bilan to’ldiring, unga xushbo’y ko’pik yoki sut qo’shing ( Misr malikalaridan qayeringiz kam?), O’zingiz yoqtirgan krem va skrablarni ham oling. Ajoyib musiqa fonida yoqimli atmosferadan zavqlaning.
Mini bazm
Bu o’yin-kulgi, yaqinlar bilan muloqot qila olmayotgan, ekstravert onalarga mos keladi. Sizga kerak bo’lgan narsa – dugonalaringiz bilan uchrashishni oldindan kelishib qo’yish. Uchrashuvni videokonferensiya orqali tashkil qilish mumkin. Oziq-ovqat va ichimliklaringizni «olib keling»,mayda-chuyda narsalar haqida suhbat quring, qiziqarli odamlar davrasida zavqlaning. Albatta, bu format jonli muloqot o’rnini bosa olmaydi. Ammo, albatta, siz ko’plab yoqimli tuyg’ularni his etasiz.
Yangi hobby
Xobbi kundalik mashg’ulotlardan chalg’ishga yordam beradi va bir olam zavq olib keladi. Asosiysi, sizga yurakdan yoquvchi sevimli mashg’ulotni topish. Buning uchun siz ko’p yillar olding, bolalikka qaytishingiz kerak. O’zingzni 5-6 yosh vaqtingizni eslang. Sizga nima bilan shug’ullanish yoqardi? Balki siz o’zingizni ko’zgu oldida turib qo’shiqchi sifatida tasavvur qilgandirsiz. Yoki sizga qumdan «pirojnoe tayyorlash» yoqardi ? Psixologlarning aytishicha, aynan shu yoshda biz o’zimizga yoqqan narsani qilganmiz. Bolalik orzularini amalga oshirish vaqti keldi, lekin katta inson bo’lib!
Adrenalin portlashi
Onaning hayotida doimo mavjud bo’lgan ekstremal holatlar – bu to’satdan shamollash va bolangizning savdo markazida sizdan «qochishi». Ammo haqiqiy ekstremal holatlar butunlay unutilmas his -tuyg’ularni boshdan kechirishga imkon beradi. Bundan tashqari, agar qo’rquvingiz bilan yuzma -yuz uchrashsangiz, ularni birinchi va so’nggi marotaba yengib o’tishingiz mumkin.
Bulutlar ostida
Balandlik har doim hayratlanarli. Parvoz hissi, mayin shamol, yuqoridan ko’rinuvchi chiroyli manzaralar. Bu, albatta, sizning yurak urishingizni tezlashtiradi. Siz deltaplanda uchishingiz, “Kanat jungliyalariga” borishingiz, “Tarzanka”dan sakrashingiz yoki oddiy arg’imchoqdcha uchishingiz mumkin.
Chuqurlikda
Ochiq havoda o’tkaziladigan yana bir qiziqarli mashg’ulot – bu dayving. Suv ostida suzish uchun dengiz bo’yida yashash shart emas. Ko’pgina shaharlarda buni ko’llarda ham qilish mumkin. Siz ajoyib o’simliklar va mavjudotlarga to’la yangi dunyoni ko’rasiz.
Qo’rquv xonasi
Zamonaviy texnologiyalar haqiqatan ham qo’rqinchli kvestlarni bajarish imkonini beradi. Siz haqiqiy dahshat dunyosiga kirishingiz, qiziqarli jumboqlarni hal qilishingiz va eng yirtqich maxluqlarni mag’lub qilishingiz mumkin. Bu sarguzasht, albatta, uzoq vaqt esda qoladi!
Aytgancha, chaqaloqdagi Shamollash yoki ORVI kabi rejadan tashqari ekstremal holatlarning oldini olish juda muhim vazifadir: buning uchun bola organizmining himoya funksiyalarini kuchaytirish kerak. Biz Shamollash yoki ORVIga chalinganda bolangizning immunitetini qanday qo’llab -quvvatlash va tezroq tuzalib ketishini taminlovchi harakatlar algoritmini tuzib chiqdik.
Yangi usulda dam oling
Keling, odatiy narsalarga yangicha yondashamiz. Axir, hatto oddiy mashg’ulotlarni ham qiziqarli va foydali narsaga aylantirish mumkin.
Shoping
Agar sizga yangi kiyimlar kerak bo’lmasa ham shopingga boring. Farzandingizni uyda qoldiring va bolalar do’konlaridan yuz metr nariroqdan o’ting. Aks holda, sizning shopingingiz chaqalog’ingiz uchun yangi kiyimlar tanloviga aylanadi. Yangi, kutilmagan obrazlar yaratuvchi kiyimlar xarid qiling. Siz hech qachon sotib olmaydigan eng noodatiy kiyimlarni ham kiyib ko’ring. Axir, ko’pincha onalar onalik ta`tilida faqat uslubda kiyinadilar. O’zingizga boshqa tomondan qarash vaqti keldi!
Kino o’rniga teatr
Teatr – bu o’ziga xos joy. U yerda sahnalar yuzlab dubllar yordamida sahnalashtirilmaydi. Bu haqiqiy, jonli aktyorlik o’yini. Teatrda siz qiziq, ijod odamlari bilan tanishishingiz mumkin. Teatrga borish chiroyli libos kiyish, jozibali soch turmagi qilish va o’zingizni ajoyib narsaning bir qismi kabi his qilish uchun bahona.
Gastronomik ekstaz
Onalar ko’pincha butun oila uchun ovqat pishiradilar. Ular oila a`zolarini sevimli taomlari bilan siylashga harakat qilishadi. Onalar ba`zida har kim o’zi yoqtirgan narsani yeyishi uchun kuniga bir nechta taom tayyorlashga to’g’ri keladi. Onaning o’zi yoqtirgan narsani pishirishga vaqti bormi? Ko’pincha, yo’q.
Shunday qilib, ona ham o’zini tansiq taomlar rag’batlantirish vaqti keldi. Sevimli restoraningizga boring yoki uyda mazali taomlarga buyurtma bering. Oilangiz uchun ham buyurtma qiling va bir kunga bo’lsa ham ovqat pishirish va boshqa uy yumushidan halos bo’ling
Oilaviy aloqalarni mustahkamlash, ilhom va g’oyalar olish uchun siz kitoblar o’qishingiz, tanlovimizdan filmlar va multfilmlarni ko’rishingiz mumkin.