Qanday qilib zamonaviy ona bo‘lish mumkin: Sizning garderobingiz uchun 6 ta qoida

Kichkintoy bilan sayr qilish, turmush o‘rtog‘ingizni ishdan kutib olish va dugonalar bilan kafega borish- effektli va zamonaviy ko‘rinish uchun yosh onalarda sabab yetarli. Tug‘ruqdan keyin ko‘pgina ayollarning tana proporsiyalari o‘zgaradi va hayot tarzi tug‘ruqdan oldingi hayot tarzidan farq qiladi. Bu shuni anglatadiki, garderobni qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Biz tuzgan 6 ta qoida yordamida siz o‘zingizni zamonaviy va ishonchli his qilasiz.

 

Yangi turmush tarzi – yangi shkaf

Shkafga tanqidiy nazar bilan qarang va keyingi olti oy yoki bir yilda kiyishni rejalashtirmagan narsalarni darhol olib tashlang. Ehtimol, bu ish uslubidagi kiyimlardir va ular o‘yin maydonchasiga mos kelmaydi. Shuningdek, uydan tashqarida qancha vaqt o‘tkazishingizni va tez-tez qayerga borishingizni hisobga oling. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, sizning yangi obrazingiz yaratiladi. Masalan, agar siz vaqtingizning yarmidan ko‘pini ko‘chada o‘yin maydonchasida o‘tkazsangiz, shkafingizning kamida 50% bu holatga mos kelishi kerak. Bunday kiyimlar nafaqat zamonaviy, balki qulay bo‘lishi kerak (va ularni iflos qilib qo‘yish achinarli bo‘lmasligi uchun juda qimmat emas). Bola bilan yurish uchun juda mos keladi: zamonaviy sport komplekti-shim yoki shorti,qulay  baland  jinsi shimlar, har xil kardiganlar, svitshot va futbolkalar.

 

Kapsula tayyorlang

Kapsula garderobi- 1970-yillar leksikonida paydo bo‘lgan zamonaviy termin. G‘oyaning maqsadi shundaki, sizning shkafingizda hamma narsa bir -biri bilan birlashtirilgan va minimal buyumlar to‘plamidan juda ko‘p sonli obrazlar yaratish mumkin. Onalar uchun kapsula g‘oyalarini o‘rganing va ushbu tizimga amal qilishga harakat qiling – shunda sizning shkafingizda komplektda  ajoyib ko‘rinadigan faqat sifatli va kerakli narsalar bo‘ladi.

 

Sharf va palantin bilan «do‘stlashing»

Ushbu aksessuarlar yordamida siz nafaqat salqin kunda issiq yurishingiz, balki qomatning nomukammalligini yashirishingiz, jamoat joyida farzandingizni ovqatlantirayotganda  berkitishingiz, siluetni vizual ravishda uzaytirishingiz va, albatta, obrazni yangilashingiz mumkin.

 

Qatlamlash

Bu tamoyil o‘zgaruvchan ob -havoda haqiqiy najotdir, shuningdek, kiyimlarni turli matol, rang va to‘qimalardan birlashtirishga yordam beradi. O‘zingizni sinashdan va turli takorlanmas kombinatsiyalarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmang, shunda siz noyob ko‘rinishni yaratasiz va juda zamonaviy ko‘rinasiz. Ko‘p qatlamli kiyinish zamonaviy, qulay va issiq.

 

Erkin qo‘llar

Yosh ona uchun kiyim va aksessuarlar tanlashga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bir noqulaylik bor. Va bu erkin qo‘llar. Bilasizki, agar siz kichkina bola bilan zinadan tushayotgan bo‘lsangiz, uzun etagingizni vaqti -vaqti bilan ushlab turish yoki yelkangizga osib bo‘lmaydigan qo‘l sumkasini ushlab turish juda noqulay. Bunday narsalarni butun oila bilan sayr qilish uchun saqlash yaxshiroqdir, chaqaloqning orqasidan yugurib, aravachani zinapoyaga ko‘targanda, turmush o‘rtog‘ingiz yuguruvchi yoki samakat bo‘ladi, va siz o‘zingizni haqiqiy malika kabi his qila olasiz.

 

Bitta jamoa

Zamonaviy oilaviy ko‘rinish endi bir xil rangdagi kiyimlar emas, balki umumiy nyuanslar: ranglar kombinatsiyasi va umumiy stil kabi. Siz har doim oilaning birligi va birdamligini ta`kidlash uchun tashqi obrazlardan foydalanishingiz mumkin. Haqiqatan ham zamonaviy ko‘rinadigan oilaviy komplektlarda bu g‘oyalar muhim:

  • asosiy ranglar palitrasini tanlang – siz moda bloggerlari yoki moda jurnalida muvaffaqiyatli rang kombinatsiyalarini topishingiz mumkin;
  • har bir to‘plamda aksent sifatida bir xil bosmalarni ishlating (masalan, hayvoniy, chiziqli, geometrik va boshqalar);
  • bir xil uslubdagi aksessuarlarni tanlang (shlyapa, sharf, kamar, ko‘zoynak).

Ehtimol, yosh onaning gullab -yashnashi va zamonaviy qiyofasining asosiy sharti – bu barcha oila a`zolarining salomatligi. Shamollash yoki ORVI barcha rejalarni buzishi va ular bilan nafaqat kasallikning yoqimsiz alomatlarini, balki tashvish, uyqusiz tunlar va buzilgan kundalik tartibni ham olib kelishi mumkin. Va bu bilan birga – onaning toliqishi va madorsizligi ham kelib chiqishi mumkin. Shamollash yoki ORVIga chalinganda bolangizning immunitetini qanday qo‘llab-quvvatlash va tezroq tuzalib ketish choralarini bilib oling.

Как путешествовать с детьми?

Ранний подъем, проверка чемоданов и документов, кранов и розеток, минутка спокойствия во время традиционного обряда «на дорожку». А потом еще путь до аэропорта, перелет, заселение в отель и еще море формальностей и хлопот, через которые нужно пройти ради теплого песка и местечка под солнцем. Как ни крути, путешествия – это не только развлечение, но и небольшой стресс. А уж если путешествовать с детьми, то уровень этого стресса может увеличиться многократно.
Поэтому многие родители задумываются: а стоит ли игра свеч? Если вы относитесь к числу сомневающихся, наше руководство поможет вам учесть все нюансы и принять взвешенное решение.

 

Без ложных ожиданий

В первую очередь, нужно заранее настроиться на то, что отдых не будет таким, как раньше. Возможно, ваш отпуск ассоциируется с коктейлями, громкой музыкой, мирным сном на пляже или длинными увлекательными экскурсиями.
С детьми все совершенно иначе. Но кто сказал, что это плохо? Вы посмотрите на мир глазами маленького человека. Вы научитесь строить замки из песка, находить самые красивые ракушки, пробовать на вкус соленое море и удивляться обычным вещам. Даже знакомые места покажутся чем-то волшебным и удивительным.

 

Спокойная дорога

Заранее продумайте, чем будет заниматься ребенок во время поездки. Иначе скучающий малыш быстро раскапризничается, а вам придется импровизировать на ходу. Загрузите на планшет интересные мультфильмы и аудиосказки, подготовьте раскраски, книги, игрушки. Все то, что он очень любит и всегда с радостью принимает.

 

Аптечка на все случаи жизни

Организм ребенка может отреагировать на другой климат совершенно непредсказуемым образом. Поэтому мы не можем не упомянуть о необходимости собрать аптечку, хотя многие из вас и так это знают. Захватите лекарства от жара, аллергии, «несварения», кишечных и вирусных инфекций. Например, здесь вы узнаете, как Анаферон детский помогает избежать вирусных заболеваний, а также как с его помощью сократить время болезни и избежать осложнений.

Возможно, все это вам даже не понадобится, но в случае форс-мажора вы мысленно поблагодарите себя за предусмотрительность.

 

Взаимопомощь

Сколько бы мы ни говорили о прелестях детского досуга, у взрослых все же остается потребность хотя бы немного расслабиться. И здесь очень важно заранее распределить обязанности между партнерами. Если один из родителей наслаждается за завтраком свежим тостом, пока второй пытается отнять нож у двухлетки, то к обеду роли совершенно точно должны поменяться.

Возможно, вы поехали в отпуск с ребенком вдвоем. Тогда стоит поискать «боевого товарища» среди других отдыхающих. Дети будут играть вместе, а вы получите возможность расслабиться.

 

Максимум комфорта, минимум неожиданностей

Если вы отправляетесь в путешествие с ребенком впервые, избегайте любого экстрима. Выбирайте отели, в которых предусмотрены детские площадки, няни и другие блага цивилизации. Позаботьтесь о комфорте каждого члена семьи. Возможно, в следующий раз, будучи уже опытным семейным туристом, вы сможете выбрать что-то более непредсказуемое. Но во время первой поездки важно исключить любой дополнительный стресс.

 

Правильный настрой

Дети чутко реагируют на настроение родителей. Если малыш почувствует тревогу и раздражение мамы, он тоже начнет нервничать. Поэтому старайтесь поддерживать атмосферу спокойствия и позитива.

До поездки поговорите с ребенком о ваших планах. Расскажите, куда вы отправляетесь, что интересного там можно увидеть, как там можно весело провести время. Предложите ему помочь вам собрать вещи, спросите, что бы он хотел взять с собой. Поделитесь с ребенком ощущением приятного волнения от предстоящей поездки. И тогда он почувствует себя смелым юным путешественником, готовым к любым приключениям.

А для того, чтобы настроиться на увлекательное семейное путешествие, вы можете почитать книги и посмотреть фильмы и мультфильмы из нашей подборки.

Sportga vaqt ajratishni istagan ota -onalar uchun 5 ta layfxak

Sport hayotimizning muhim qismidir. Muntazam jismoniy mashqlar har doim tonusda, sog’lom va kuchli bo’lishga imkon beradi. Ammo uyda yosh bolalar bo’lganda mashg’ulot o’tkazish uchun vaqt topish qiyin bo’lishi mumkin.  Tug’ruqudan keyin formasini tiklashni xohlaydigan, lekin 7/24 bolasi yonida bo’lgan onalar haqida nima deyish mumkin? Qanday qilib aktiv oila chaqaloq tug’ilgandan keyin odatiy turmush tarzini saqlab qolishi mumkin?

Ushbu maqolada biz sizga sport va oilaviy hayotni birlashtirishga, shuningdek ularning ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqishga imkon beradigan layfxaklarni o’rgatamiz.

 

bola bilan mashq qilamiz

Ijtimoiy tarmoqlarda ota -onalar chaqalog’i bilan birga yoga va fitnes bilan shug’ullanayotgan cheksiz ko’p fotosuratlar va videolarni topishingiz mumkin. Odatda bu juda ilhomlantiruvchi bo’lib ko’rinadi. Ammo bu mashg’ulot usuli hamma uchun ham mos emas. Shuning uchun, agarda siz farzandingiz bilan shug’ullanishni boshlasangiz va o’ylaganlaringiz amalga oshmasa (chaqaloq injiqlanishi yoki sizni chalg’itishi mumkin), birgalikda qilayotgan mashg’ulotlaringizni to’xtatib turing. Ehtimol, bola ulg’ayganida hammasi boshqacha bo’lar.

+  Bola nazorat ostida bo’lsa, siz uning xavfsizligi va o’zini qanday his qilayotgani haqida qayg’urmaysiz.

+ Chaqaloqni qo’lingizda yoki belingizda ushlab bir qator mashqlar qilishingiz (o’tirib turish) mumkin. Bu sizga yanada samarali mashq qilishga yordam beradigan qo’shimcha yuklama bo’lib xizmat qiladi.

+ O’zingizning namunangiz bilan bolangizni faol hayot tarziga o’rgatasiz.

 

Bizning rejalarimiz har doim ham bolalarning rejalariga to’g’ri kelavermaydi va bola bu jarayonda qatnashishni xohlamasligi mumkin.

O’zingizni chalg’itish va «manzarani o’zgartirish» usuli va sifatida miyani chalg’itish uchun ham jismoniy mashg’ulotlar zarur. Ko’pchilik yoga bilan sukunatda va yolg’iz shug’ullanishni yaxshi ko’radilar. Boshqalar baland musiqa fonida katta energiya sarf qiluvchi mashqlar qilishni afzal ko’rishadi. Bola bilan odatdagi sharoitlarda shug’ullanish deyarli imkonsiz.

 

 Sayrni sport bilan birlashtiramiz

Ko’pincha skameykada o’tirgan ota -ona aravachasini u-yon bu-yonga  monoton tarzda aylantirayotganini ko’rishingiz mumkin. Axir, deyarli barcha bolalar bir daqiqa to’xtashingiz bilanoq uyg’onishadi.  Skameykada o’tirishni tez va kuchli qadamlar bilan almashtirish,sayringizni yaxshi intervalli mashg’ulotga aylantirishi mumkin – tezlik navbatma-navbat almashtirgan holda aravachani yuqoriga olib chiquvchi yo’llarni tanlang.

+ Bunday mashg’ulot vaqtni tejaydi, siz bir vaqtning o’zida ikkita muhim vazifani bajarasiz.

Intensiv yurish – bu kardiomashg’ulot. Uning yordami bilan siz kaloriyalarni sarflashingiz va ozishingiz mumkin, mushaklaringizga relyeflarni faqat kuchli yuklamalar bilan berishingiz mumkin.

 

Bolalar xonasi mavjud fitnes klublar

Bolalar xonasi bo’lgan fitnes klublari insoniyatning eng buyuk ixtirolaridan biridir. Siz bemalol mashq qilishingiz va hatto mashg’ulotlardan keyin saunaga borishingiz mumkin,bu paytda bolangiz boshqa bolalar bilan shu ishga javobgar  nazorati ostida o’ynaydi.

+ Bu ota -onalar uchun ham, bolalar uchun ham qulay. Kimdir mashg’ulot o’tkazsa, boshqalari master-klass o’taydi va faol o’yinlar o’ynashadi, shuningdek tengdoshlari bilan muloqot qilib, yangi do’stlar orttiradi.

Xizmat pullik va uning narxi ancha yuqori bo’lishi mumkin.

Bu Usul bir yoshga to’lmagan chaqaloqlarning ota -onalari uchun mos emas.

 

Bola uxlayotganida

Agar chaqalog’ingiz hali fitnes klub yoshiga yetmagan bo’lsa, demak u ko’p uxlaydi. Va bu sizga uyda mashq qilish imkoniyatini beradi. Bunday mashg’ulotlar murabbiy va fitnes klub “toshlari” bilan mashg’ulotlardan kam bo’lmagan effekt berishi mumkin. Hozirda siz Jillian Mayklz, Xezer Robertson va boshqa professional fitness o’qituvchilarning ko’plab video darsliklarni topishingiz mumkin.

+ Hech qayerga borishingiz shart emas, uyda, qulay sharoitlarda shug’ullanishingiz mumkin.

Chaqaloq uxlayotgan vaqt onalar uchun «oltin vaqt» dir. Qilish kerak bo’lgan ishlar juda ko’p! Uy yumushlari, ish, dam olish – bularning barchasini biz bola o’z o’rnida tinchgina uxlayotganda paytda qilishni rejalashtiramiz. Ba`zida mashg’ulotlarni ro’yxatga qo’shishning iloji yo’q.

 

Qisqa mashg’ulotlar

Qisqa mashg’ulotlar – bu sport bilan shug’ullanish istagi maksimal bo’lgan va buning uchun minimal vaqtga ega bo’lgan ota -onalar uchun qulay usul. Maqsad shuki-to’liq mashg’ulotni kuniga bir necha takrorlashni 10-15 daqiqaga bo’lish. Bola mushukka tikilib qolganda, ishtiyoq bilan pechenye yeyotganida  yoki o’z barmoqlariga qarab qolganida, biz darhol mashq qilishni boshlaymiz.  Jismoniy mashqlar rejasini oldindan tuzib, unga amal qilish samaraliroq.

+ Siz bo’sh vaqtingizni ratsional ravishda ijtimoiy tarmoqlarga yoki televizor ko’rishga sarflashingiz mumkin.

Agar takrorlashlar juda intensiv bo’lsa, siz har safar dush qabul qilishinigz va kiyim o’zgartirishingiz kerak bo’ladi. Bu esa hech qanaqasiga vaqtni tejash bo’lmaydi.

Ehtimol, yaxshi mashg’ulotning asosiy sharti – bu onaning bo’sh vaqti emas (axir, kuchli xohish bilan siz har doim mashq qilish imkoniyatini topishingiz mumkin – buning usullari ko’p). Asosiysi, barcha oila a`zolari va bolaning salomatligi. Shamollash yoki ORVI  nafaqat kasallikning yoqimsiz alomatlarini, balki bezovtalik, uyqusiz tunlar va  kundalik tartibning buzilishiga ham olib kelishi mumkin. Shamollash yoki ORVIga chalinganda bolangizning immunitetini qanday qo’llab -quvvatlash va tezroq tuzalib ketish yo’llarini bilib oling. (Bolalar anaferoni haqidagi maqola havolasi)

Ha, sportga vaqt ajratadigan faol ota -onalar ba`zida vaqtni boshqarish bo’yicha barcha ko’nikmalaridan foydalanishlari kerak. Ammo mukammal sog’lik va farovonlik, chiniqqan tana, albatta, qilinayotgan barcha harakatlarga arziydi.

Ona Instagramda: blogger chiroyli rasm va ajoyib pozalar sirini ochadi

Instagramda blog yuritish – ijodiy, ilhomlantiruvchi hobby, ko’pincha yaxshi daromad manbayi ham hisoblanadi.   Ushbu ijtimoiy tarmoqda vizual kontent hal qiluvchi rol o’ynaydi. Va yaqin-yaqindan boshlab  tabiat yoki narsalar emas, balki odamlarning fotosuratlari joylashgan «jonli» akkauntlar qadrlana boshlandi.

«yurakdan uruvchi» suratlarni olishni qanday o’rganish kerak?  Qanday qilib kadrda o’zingizni ishonchli his qilishingiz mumkin? Biz bu va boshqa ko’p narsalar haqida blogger Anastasiya Tregubova bilan gaplashdik. Anastasiya blogida 200 mingdan ortiq obunachi bor, u to’rtta farzandning onasi va “Birinchi kanal” da “Xayrli tong” dasturini olib boradi.

 

Kamera bilan «do’stlik»

Hamma bu hodisani yaxshi biladi, qachonki oynada tasvir ajoyib ko’rinadi, lekin rasmlarda aksincha. Biz kamera oldida uyatchan va jiddiy bo’lib olganimiz uchun bu hodisa yuz beradi.  Shuning uchun, teleboshlovchi hotirjamlik saqlashni va to’g’ri kayfiyatni ushlashni taklif qiladi.

“Avvalo, siz tashqi omillardan xalos bo’lib, tinchlanishingiz kerak. Shuning uchun, suratga olish jarayonlaridan oldin , men doimo nafas olish mashqlarini bajaraman. Agar bu efir bo’lsa, unga tilni burish mashqlari va jag’mushaklari rivojlanishi qo’shiladi. «, – deydi Anastasiya.

Esda tutingki, tajriba faqat amaliyot ortidan keladi. Sinab ko’ring, tajriba o’tkazing, keyin qo’rquv va uyatchanlik albatta yo’qoladi.

 

Poz qilishni qanday o’rganish kerak?

Muvaffaqiyatsiz poza hatto eng to’g’ri nisbatlarni buzishi mumkin. Shuning uchun, muvaffaqiyatli poza tanlashni o’rganish muhimdir. Anastasiya ulashgan uchta maslahat:

  • Belingiz ajralib turishini xohlaysizmi? Albatta unga qo’llaringizni qo’ying.
  • Qo’llaringizni yuzingizda tashqi tomoni bilan aks ettiring, aks holda ular kadrda juda katta ko’rinadi.
  • To’liq uzunlikdagi fotosurat uchun tanangizni pastki qismini burgan holda turish yaxshi. Bu vizual ravishda kichikroq ko’rinadi.

Albatta, ko’p narsa qomat va kiyimingiz xususiyatlariga bog’liq. Sizga mos keladigan rakurslarni topishga harakat qiling. Sinov kadrlarini amalga oshiring va “ishchi” jihatingizni izlang.  Hatto mashhurlar va taniqli go’zallar ham bu usuldan foydalanib, fotosuratlarda chiroyli ko’rinishadi.

 

Ijodkorlik va ilhom haqida

To’g’ri munosabatsiz, rasmga tushish jarayoniga kerakli darajada yondasha olmaysiz . Shuning uchun Anastasiya  kayfiyatingizga alohida e`tibor berishni maslahat beradi.

«Fotosyomkadan  oldin, men doimo yaxshi kayfiyatda bo’lishim uchun yetarlicha uxlashga harakat qilaman. Jarayon paytida  o’zim yoqtirgan musiqani tinglayman va  bu albatta  yordam beradi. Dastlab, fotograf va men yorug’likni «ushlash» uchun bir nechta sinov kadrlarini olamiz, keyin biz shunchaki dam olamiz va o’zimizni bo’lishni xohlagan joyimizda tasavvur qilamiz «.

Obrazga kirishingiz bilanoq,  yuz ifodasi va qo’llarning holatiga e`tibor bermasa ham bo’ladi. Bunday holatda hamma narsa «o’z -o’zidan» amalga oshadi. Kadrda ko’rsatilishi kerak bo’lgan narsalarni eng kichik detaligacha ko’rsatishga harakat qiling.

 

Bolalar bilan suratlar

Bolalar har doim ham ko’p kadrlar qilish istagimizga qo’shilishmaydi. Va agar ulardan to’rtta bo’lsa, unda vazifa yanada qiyinlashadi. Biz Anastasiyadan bolalar bilan muvaffaqiyatli suratlar sirini bo’lishishini so’radik. Ko’p bolali ona, bu uning uchun ham katta muammo ekanligini tan oldi. Ammo u o’z qaroriga oqilona yondashadi va hech qachon o’z sevimli mashg’ulotlarini bolalarga yuklamaydi.

«Men ular jiddiy suratga olish jarayonlariga hali tayyor emasligini tushundim. Liza umuman suratga tushishni yoqtirmaydi – bu uning tanlovi va men uning tanlovini hurmat qilaman. Misha men so’ragan barcha suratlarga xotirjam tusha  oladi, Nika va Igor ba`zida yoshiga hos tarzda injiq bo’lishadi, lekin umuman olganda, biz beshinchi kadrda maqsadimizga erishamiz ».

Agar bola sizning sevimli mashg’ulotingizga qiziqmasa va har qanday harakat uni qiziqtirishga yordam bermasa,  oilaviy suratlardan voz kechgan ma`qul. Siz har doim bolalalarsiz tushiladigan suratlar kontent rejasini tanlashingiz mumkin. Ehtimol, vaqt o’tishi bilan bolaning qarashlari o’zgaradi va u sizning blogingizga qo’shilishni xohlaydi.

 

Tomoshabinlarni qanday «jalb qilish» mumkin

Albatta, muvaffaqiyatning katta ulushi sizning SMM mahoratingizga bog’liq. Trendlarni kuzatib borish, kontentni muntazam nashr etish va reklama vositalaridan foydalanish muhim. Ammo ba`zi bloggerlarda samarali bo’lgan narsa boshqa bloggerlada  ishlamasligi mumkin.  Anastasiya, muvaffaqiyat siri har doim samimiylik va tabiiylikda ekanligiga ishonadi.

«Boringizcha bo’ling, o’zingizga yot bo’lgan “o’zingiz” bo’lishga urinmang. Ijtimoiy tarmoqlar falshni ko’ra oladi  va yolg’onni yoqtirmaydi. Dunyoga haqiqiy o’zingizni ko’rsating va ular sizga ergashadilar! »